“Obi hayot” mahallasida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mudira Haydarova Visola rahbarligida “Moviy jamadon” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
Tashrif davomida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Xamrayeva Umida ham ishtirok etib, bolalarga kitob mutolaasi, ertaklar va rivojlantiruvchi o‘yinlar orqali erta yoshdan kitobga qiziqishni oshirish, nutq va tasavvurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarni tashkil etdi.

