🇺🇿📚 Vatan himoyachilari — faxrimiz! 📚🇺🇿
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yoshlar va kitobxonlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada Vatanga muhabbat, jasorat, mardlik va fidoyilikni ulug‘lovchi badiiy hamda tarixiy adabiyotlar namoyish etildi.
Tadbir ishtirokchilari ko‘rgazma orqali Vatan himoyachilarining sharafli yo‘li, ularning jasorati va mas’uliyatli burchi haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘ldilar.

