Muzrabot tuman axborot kutubxona markazi siz azizlarga tavsiya qiladi

Yangiliklar

🏛Muhabbatning ko‘rinishi turfa: goh bir tabassumdan boshlansa, goh bir shirin nigohdan. Gohi kalomdan boshlansa gohi ko‘zlarning so‘zlashuvidan paydo bo‘ladi.
⏳Oshiq – zulmatda nur taratib turgan olovdir. Ma’shuq zimiston osmonda miltillab turgan yulduz. Muhabbat nima bilan boshlanmasin, faqat ko‘z yosh bilan, armon bilan, afsusu nadomat bilan tugamasin.
🪶Sevishganlarning saltanati, ko‘shki, qasri, eng muqaddas narsasi – visoldir.Mazkur kitobda o‘zbek va jahon adiblarining muhabbat haqida eng sara asarlarini jamladik. Dini, millati, irqidan qat’i nazar muhabbat barcha xalqlarning eng muqaddas tuyg‘usidir.Kitob azaliy va abadiy muhabbat haqida ajoyib guldasta.
📌Biz esa shu guldasta umr bog‘laringizga muattar iforlar taratishini tilaymiz, muhabbatli kitobxon.