📚🏘 Mahallada kitob — ma’naviyat manbai 🏘📚
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Ismoilova Lobar tumanning “Sopollitepa” mahallasida mahalla raisasi Karimova Sofiya hamda u bilan birga faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligi ishtirokida kitob taqdimoti tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida kitobxonlikni targ‘ib etish, aholining ma’naviy saviyasini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda 4560 nafar fuqaroni birlashtirgan mahallada bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar aholi o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ma’rifat va madaniyatni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
📖 Kitobli mahalla — ma’rifatli jamiyat asosi!

