“Qiziqarli kutubxonada” — bilim va ma’naviyat sari sayohat”

Yangiliklar

📚✨ “Qiziqarli kutubxonada” — bilim va ma’naviyat sari sayohat ✨📚
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida tumanning 2-maktabining 4-sinf o‘quvchilari hamda faol kitobxonlar ishtirokida “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilar kutubxona fondi, zamonaviy axborot-resurslari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa orqali bilim va dunyoqarashni boyitishga xizmat qildi.
📖 Kitob — bilim manbai, ma’naviyat ko‘zgusi!