Kitob targ‘iboti — ma’rifat sari qadam.

Yangiliklar

📚✨ Kitob targ‘iboti — ma’rifat sari qadam ✨📚
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Mahmudova Yu. tomonidan tumanning 1-maktab o‘quvchilari ishtirokida kitoblar targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga turli yo‘nalishdagi adabiyotlar tanishtirilib, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida suhbat olib borildi. Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yoshlarni ilm-fan va ma’naviyatga oshno etish tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi.
🌟 Kitob bilan ulg‘aygan avlod — yurtimiz kelajagi!