Mahallada kitobxonlik — ma’naviyat poydevori.

Yangiliklar

📚🏘 Mahallada kitobxonlik — ma’naviyat poydevori 🏘📚

Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Boltayeva Mohichehra va Muzrabot tumanidagi “Madaniyat” mahallasida mahalla raisi Xurramov Ravshan rahbarligida kitobxonlikni targ‘ib etish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Bugungi kunda mahallada 3971 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 1959 nafari erkaklar, 2012 nafari ayollar bo‘lib, jami 710 ta oilani tashkil etadi. Tadbir mahalla aholisining barcha qatlamlari o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratildi.
Targ‘ibot jarayonida badiiy va ma’rifiy adabiyotlar tanishtirilib, kitobning inson hayotidagi o‘rni, ayniqsa yoshlar va oila tarbiyasidagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
📖 Kitobxon mahalla — ma’rifatli jamiyat garovi!