Biz sizga tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

📚 “YAXSHILIK”

✍️  Pirimqul Qodirov

Yaxshilik qudratli kuchdir. U ko’ngildagi sahrolarni bog’-u rog’ga aylantirib, uzoq yillik muzlarni eritgancha kishiga iliqlik bag’ishlaydi. Yaxshilik qarshisida har qanday toshbag’ir odam ham tob bera olmaydi.
Muallif shu nomli asarida yuqoridagi fikrlarni o’zining badiiy mahorati ila yorqin ifodalay olgan. Hikoyani o’qir ekansiz, siz ham o’zingizni asardagi samimiy insonlarning yaxshiligidan bahramand boʻlgandek sezasiz.

Taniqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning salmoqpi romanlari, bir-biridan shirali qissa va hikoyalari, teran publitsistik maqolalari Siz aziz o‘quvchilarning sevimli asarlaringizga aylangani shubhasiz. Adibning ushbu to‘plamiga oltmishinchi yillar boshida yozilgan «Qadrim» qissasining qayta ishlangan varianti.

«Yayra istitutga kirmoqchi» yumoristik qissasi, «Erkin», «Ilinj», «Yaxshilik» hikoyalari kiritilgan.

O‘ylaymizki, ushbu asarlar Sizni yana bir bor fikr-mulohazaga, bahsga chorlaydi.