📚 KITOB — MA’RIFAT VA KELAJAK POYDEVORI!
Tumandagi UzEX savdo nuqtasida aholi va tashrif buyuruvchilar uchun kitoblar targ‘iboti tadbiri tashkil etildi.
Mazkur targ‘ibot Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Nazarova Nasiba tomonidan olib borilib, tadbir davomida badiiy, tarixiy hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar tanishtirildi. Kitob mutolaasining inson tafakkuri, dunyoqarashi va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Ushbu tadbir kitobxonlik madaniyatini oshirish, aholi orasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
📖 Kitob — bilim chirog‘i!
🌱 Ma’rifat — jamiyat taraqqiyoti asosi!

