📚✨ “Ertaklar — yaxshilikka yetaklar” ✨📚
Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi bolalar bo‘limida “Bilimdon yoshlar” va “Yosh kitobsevarlar” klublari a’zolari ishtirokida “Ertaklar — yaxshilikka yetaklar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida bolalar ertaklar olamiga sayohat qilib, undagi ezgulik, mehr-oqibat, do‘stlik va halollik g‘oyalari bilan yaqindan tanishdilar. Ertaklar orqali bolalarning tasavvuri, nutqi va mustaqil fikrlashi rivojlantirildi.
📖 Ertaklar — bolalar qalbiga yaxshilik urug‘ini sochadi!

