Biz sizga tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

📚 Oqshom quyoshi

✍️  Rashod Nuri Guntekin

Sevgi naqadar buyuk tuyg‘u…  Rashod Nuri Guntekin bu tuyg‘uning buyukligini isbotlab beruvchi o‘tkir qalam sohibi, turk adabiyoti namoyandalaridan biridir. U o‘quvchilariga zamon sinoviga dosh bergan, so‘z sehriga oshufta, elga manzur eng sara asarlarni tortiq etgan.
Ushbu asar qahramonlarining sevgini ibo-hayo, or-nomus pardalari ortiga zo‘r mashaqqatlar bilan berkita olishlari har bir kitobxonni hayratlantiradi va o‘quvchi yana bir bor yozuvchining mahoratiga tan beradi.