Konstitutsiya — barcha qonunlarning negizi bo‘lib, fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. U har bir inson, fuqaroning huquqiy xulq-atvorini belgilab beradi. Uni bilmay turib, huquqiy madaniyatga erishib bo‘lmaydi. Bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga kelgan kitobxon o’quvchi yoshlar o’rtasida «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o`zimizniki» shiori ostida keng targ’ib ishlari olib borilmoqda.
