“Mening sevimli yozuvchim” — Nabijon Hoshimov ijodi bilan yuzma-yuz”

Yangiliklar

📚✨ “Mening sevimli yozuvchim” — Nabijon Hoshimov ijodi bilan yuzma-yuz ✨📚
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida “Mening sevimli yozuvchim” mavzusi doirasida o‘zbek adabiyotining taniqli vakili Nabijon Hoshimov ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar adibning hayoti va ijod yo‘li, asarlarida ko‘tarilgan dolzarb mavzular, hayotiy obrazlar va so‘z mahorati haqida fikr almashdilar.
Davra suhbatida Nabijon Hoshimovning mashhur asarlari tahlil qilinib, ularning yoshlar tarbiyasi va ma’naviy kamolotidagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Ushbu uchrashuv kitobxonlarda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
📖 Sevimli yozuvchi — qalbimizga yaqin so‘z egasi!