Bugun Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida Tuman hokimligi, tuman Хalq ta’lim bo’limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Muzrabot tuman bo‘linmasi hamda tuman Аxborot-kutubxona markazi hamkorligida “Navoiy vorislari” ko’rik-tanlovining hududiy bosqichi 3-kuni bo’lib o’tdi. Bunda tumandagi 1-4-6-20-21-24-33-36-41-46-53-umumta’lim maktab o’quvchilari ishtirok etdi.Hamda baxolovchi bo’lib malakali ona-tili adabiyot o’qtuvchisi Xolmuxammadiyeva Saodat hamda Beknazarova Sayyora ko’rik tanlovni boxolab berishdi. Ko’rik-tanlovda 1-maktabning 7-sinf o’quvchisi Bahromova Mashhura va 21-maktabning 7-sinf o’quvchisi Sulaymonova Xonzoda, hamda 36-maktab o’quvchisi 7-sinf o’quvchilari keying tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
