📚🏥 Kitob targ‘iboti — sog‘lom tafakkur garovi 🏥📚
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Nazarova N. tomonidan tumanda yangi faoliyatini boshlagan “As-Med” xususiy klinikasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish maqsadida kitoblar targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibot jarayonida tibbiyot xodimlari va tashrif buyuruvchilarga kutubxona fondida mavjud badiiy va ma’rifiy adabiyotlar tanishtirilib, mutolaaning inson salomatligi va ruhiy xotirjamlikka ijobiy ta’siri haqida fikrlar bildirildi.
📖 Sog‘lom tan — sog‘lom tafakkur, tafakkur esa kitob bilan boyiydi!

