📚 “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” 📚
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Xulkaliyeva Sarvinoz hamda Xolyorova Yulduzlar tomonidan tumandagi 13-sonli bolalar bog‘chasida “Moviy chamadon” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati davomida bolajonlarga qiziqarli va tarbiyaviy ertaklar aytib berildi, ular bilan savol-javoblar o‘tkazildi. Tadbir jarayonida bolalarning faol ishtiroki, ertaklarga bo‘lgan qiziqishi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Shuningdek, tadbir doirasida bolalar adabiyotlaridan iborat kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, kichkintoylarda kitobga bo‘lgan mehr va mutolaaga qiziqish yanada oshirildi.
📖 Kitob — bilim manbai, ertaklar esa bolalar qalbining bezagidir.

