Islom Abdug‘aniyevich Karimov — mustaqil O‘zbekiston asoschisi.

Yangiliklar

🇺🇿 Islom Abdug‘aniyevich Karimov — mustaqil O‘zbekiston asoschisi 🇺🇿
Islom Abdug‘aniyevich Karimov — O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil davlatimizning asoschisi, xalqimizni ozodlik va taraqqiyot sari yetaklagan buyuk siyosiy arbobdir. U murakkab va mas’uliyatli tarixiy davrda mamlakat rahbari sifatida xalqni mustaqillikka olib chiqdi.
1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilinishi bilan yangi davlat barpo etish jarayoni boshlandi. Aynan Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz o‘z Konstitutsiyasi, milliy ramzlari va mustaqil siyosiy yo‘liga ega bo‘ldi.
📚 Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tavalludining 88 yilligi munosabati bilan faol kitobxonlar ishtirokida xotira kechasi tashkil etildi.
Kechada I.A. Karimovning mustaqillik yo‘lida amalga oshirgan ulkan ishlari, xalq va Vatan ravnaqi uchun qilgan fidokorona mehnatlari yodga olindi.