“Oilada kitobxonlik madaniyati” mavzusida kitoblar targ‘iboti 📚
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi
“Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–401-son qarorining 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan Qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Oilada kitobxonlik madaniyati” mavzusida kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi.
Tadbir davomida oilada mutolaa madaniyatini shakllantirish, farzand tarbiyasida kitobning o‘rni, xotin-qizlarning ma’naviy faolligini oshirishga qaratilgan adabiyotlar targ‘ib qilindi. Ishtirokchilarga kutubxona fondidagi badiiy, ma’naviy-ma’rifiy kitoblar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📖 Kitobxon oila — ma’rifatli jamiyat poydevori!

