Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi 📚
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida
Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan kitobxonlar uchun adabiy ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada adibning boy ijodiy merosi, g‘azal va dostonlari, ilmiy-falsafiy asarlari hamda hayoti va faoliyatiga oid adabiyotlar namoyish etildi.
Mazkur ko‘rgazma yoshlar va kitobxonlar o‘rtasida milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni oshirish, Navoiy ijodini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.
📖 Alisher Navoiy — o‘zbek adabiyotining abadiy siymosi!

