Muzrabot tumam axborot-kutubxona markazi tavsiya qiladi.

Yangiliklar

📖 Oskar Uayld: Dorian Greyning portreti

Inson baxtga noil bo‘lgan chog‘larda hamisha yaxshi bo‘ladi, lekin yaxshi odamlar hamma vaqt ham baxtga noil bo‘lavermaydi.

📖 Hayotdan lazzatlanib yashash, ahloqiy tubanlashuv, zohiriy go‘zallik falokati, hayot falsafasi haqida barcha davrlarning eng yaxshi asarlaridan biri. Uni o‘qish davomida:

– Dialoglardagi haqiqatni ich-ichingizdan tan olsangiz ham uni rad qilish uchun sabablar qidirasiz.

– Qahramondan nafratlanasiz, lekin uni o‘rnida bo‘lib qolishni ham istaysiz.

– Bir inson yuksalishi va tubanlashuvi haqidagi go‘zal roman!

👨 Asar qahramoni qalbini iblisga topshirgach, abadiy yoshlik, cheksiz vaqt, bitmas-tuganmas boylikka ega bo‘ladi. Baxtga-chi? Bu savolga asar so‘nggida javob topasiz.

☝🏿 Asarni o‘qishga ketkizgan emas, uni o‘qimasdan o‘tkazgan vaqtingizga achinasiz.