📚 Kitobxonlikni rivojlantirish yo‘lida 📚
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 15-yanvarda qabul qilingan PQ–9-sonli qaror —
“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida 2026-yilgi vazifalar belgilab olindi.
Mazkur qaror asosida:
Tuman aholisi, xususan, yoshlar va bolalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;
Kutubxonalarning fondini boyitish va targ‘ibot faoliyatini kengaytirish;
Ko‘chma kutubxonalar, maktablar va mahalla markazlarida kitob targ‘ibotini amalga oshirish;
Kitobga qiziqishni oshirish orqali axborot-resurslardan samarali foydalanish tadbirlari rejalashtirilmoqda.
📖 Kitobxonlik — ma’naviyat poydevori, bilim va tafakkur rivoji kalitidir!

