📚 “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” 📚
So‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Hazrat Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi va tumanning 53-maktab o‘quvchilari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, uning turkiy adabiyot rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida o‘z bilimlarini namoyon etdilar. Buyuk shoirning g‘azallari va hikmatli so‘zlari o‘qildi, she’riy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida Navoiy merosiga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
📖 Navoiy yodi — qalblarimizda mangu!

