Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbati

Yangiliklar

📚 Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbati 📚
Muzrabot tumani axborot kutubxona markazi va 1-umumta’lim maktabining 1-, 5- va 9-sinf o‘quvchilari ishtirokida buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Hazrat Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida 20 nafar o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etib, Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida fikr-mulohazalar bildirdilar, she’r va hikmatli so‘zlardan namunalar o‘qildi.
Tadbir davomida targ‘ibotchi Yu. Mahmudova tomonidan Navoiy ijodining bugungi yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
📖 Navoiy merosi — millat ma’naviyatining boqiy xazinasi!