📚 “Kitobxon ona — ziyoli avlod tarbiyachisi” 📚
Muzrabot tumani Yangi hayot mahallasida, F. Mengliyev xonadonida “Kitobxon ona — ziyoli avlod tarbiyachisi” mavzusida kitob targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida oilada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, onaning farzand tarbiyasidagi o‘rni va mutolaaning ahamiyati haqida suhbatlar olib borildi. Ishtirokchilarga turli badiiy va tarbiyaviy adabiyotlar tavsiya etildi.
📖 Kitobxon ona — ma’rifatli jamiyat poydevori!

