“Buvijonim ma’rifati” nomli davra suhbati o‘tkazildi.
“Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–401-son qarorning 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari bugun Sopollitepa mahallasidagi “Obod turmush” hamda “Bodomzor” ko‘chalarida yashovchi Yoqubovlar va Bozorovlar xonadonlarida “Buvijonim ma’rifati” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida keksalar — onaxonlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlikning tutgan o‘rni, uning ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, ular yoshlarga ibrat bo‘ladigan, tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar haqida ma’lumot berib, ulardan parchalar o‘qib eshittirdilar.
Tadbir yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning dunyoqarashini boyitish va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashga xizmat qildi.

