🌟 Inson huquqlari targ‘iboti 🌟
Inson huquqlari – har bir inson tug‘ilganidan boshlab ega bo‘ladigan ajralmas, teng va bekor qilib bo‘lmaydigan huquqlardir. Ular millati, jinsi, tili, dini yoki irqidan qat’iy nazar, barcha uchun teng tarzda ta’minlanadi.
Bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi N.Vallayeva tomonidan Muzrabot tumani Pensiya jamg‘armasi tashkilotida inson huquqlari targ‘iboti o‘tkazildi.
Targ‘ibot davomida ishtirokchilar QR kod orqali elektron kitoblarimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarimizga a’zo bo‘ldilar, shu bilan birga kitobxonlik va ma’naviy-ma’rifiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishdilar.
📖 Bilim va huquq — jamiyat taraqqiyoti garovi!

