«Navoiy vorislari ko’rik-tanlovining hududiy bosqichi 4-kuni»

Yangiliklar

Bugun Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida Tuman hokimligi, tuman Хalq ta’lim bo’limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Muzrabot tuman bo‘linmasi hamda tuman Аxborot-kutubxona markazi hamkorligida “Navoiy vorislari” ko’rik-tanlovining hududiy bosqichi 4-kuni bo’lib o’tdi. Bunda tumandagi 18-19-22-29-29-38-40-49-umumta’lim maktab o’quvchilari ishtirok etdi.Hamda baxolovchi bo’lib malakali ona-tili adabiyot o’qtuvchisi Amonturdiyeva Laylo hamda Beknazarova Sayyora ko’rik tanlovni boxolab berishdi. Ko’rik-tanlovda 18-maktabning 6-sinf o’quvchisi Mamurqulova O. va 22-maktabning 7-sinf   o’quvchisi B. Begimqulova hamda 38-maktab o’quvchisi 6-sinf I. Xayitmurodov o’quvchilari keying tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.