“Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar

“Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 13-fevral kuni Muzrabot tuman hokimligi, tuman Axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida “Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda yosh kitobxonlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, adabiyotga bo‘lgan qiziqishlari va mutolaa madaniyatini namoyish etdilar. Tadbirda 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 11, 12, 14, 15, 16, 17, 18, 21, 22, 24, 26, 27, 28, 29 va 30-maktablar faol ishtirok etdi.
🏆 G‘oliblar va nominatsiyalar:
1-o‘rin: Sattorova Hulkar — 26-maktab
2-o‘rin: Menglimaxmatova Nafisa — 1-maktab
3-o‘rin: Qodirova Muxlisa — 7-maktab
Eng zukko kitobxon: Tursunmurodova Shahnoza — 2-maktab
Eng bilimdon kitobxon: Vilmurodova E’zoza — 28-maktab
Tanlovning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma’naviy dunyoqarashini boyitishdan iborat bo‘ldi.