Buyuk sarkarda va shoir merosi — ma’naviyatimiz faxri!

Yangiliklar

🌟📚 Buyuk sarkarda va shoir merosi — ma’naviyatimiz faxri! 📚🌟
Buyuk sarkarda, davlat arbobi va iste’dodli shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish katta ahamiyat kasb etadi.
Bobur tavalludi — bu nafaqat tarixiy sana, balki yosh avlod qalbida vatanparvarlik, jasorat va ilmga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlash imkoniyatidir. Uning boy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish — har birimizning ma’naviy burchimizdir.
📅 Joriy yilning 13-fevral kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi Yu. Mahmudova tomonidan tuman Bandlikka ko‘maklashish markazida Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari targ‘iboti o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga kutubxona fondida mavjud Bobur asarlari, ularning mazmun-mohiyati hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
📖 Bobur merosi — avlodlar qalbida yashaydi!
🌿 Ma’rifat yo‘lida birga qadam tashlaymiz!