“Eng faol kitobxon” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar

“Eng faol kitobxon” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 14-fevral kuni Muzrabot tuman hokimligi, tuman Axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida “Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Tanlovni tuman hokimi oʻrinbosari F.Raxmanov ochib berdi. Tanlovda yosh kitobxonlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, adabiyotga bo‘lgan qiziqishlari va mutolaa madaniyatini ko‘rsatdilar. Tanlovda barcha umumtaʼlim maktab kitob yoshlari ishtirok etishdi.
🏆 Tanlov natijalari:
🥇 1-o‘rin: 50-maktab o‘quvchisi Menglimaxmadova Soliha
🥈 2-o‘rin: 39-maktab o‘quvchisi Hayitqulova Farangiz
🥉 3-o‘rin: 47-maktab o‘quvchilari Alimqulova Muslima.
🌟 “Zukko kitobxon” nominatsiyasi – 7-IM o‘quvchisi Abdumo‘minova Oydin
📖 “Bilimdon kitobxon” nominatsiyasi – 36-maktab o‘quvchisi G‘abboraliyeva Laylo
G‘olib deb topildi. Tanlovning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va bilimdon yoshlarni e’tirof etishdan iborat bo‘ldi.Tanlov soʻngida tuman hokimi oʻrinbosari F.Rahmanov ikki kun davomida boʻlib oʻtgan tanlov gʻolib va sovrindorlarni  diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.
✨ Kitob — ma’naviyat manbai, yoshlar kelajagi poydevori! ✨