Muzrabot tumanidagi “Obi hayot” mahallasida joylashgan Ixtisoslashtirilgan maktabda “Navoiyxonlik” kechasi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tabdirda Muzrabot tuman axborot kutubxona markazining ko’chma kutubxona mutaxassisi Xamrayeva U. va maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azal hamda ruboiylaridan yod aytdilar. Shuningdek, buyuk allomalar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ibratli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbir davomida ko‘chma kutubxona tomonidan adiblar asarlaridan iborat kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, ishtirokchilarga keng tanishtirildi.
✨ Bunday ma’naviy tadbirlar yosh avlod qalbida milliy merosimizga hurmat va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamlaydi. ✨

