Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Boltayeva Mohichehra 30-maktab kutubxonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida maktab kutubxonachisi Norboyeva Madinaga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatildi hamda kutubxonaning me’yoriy hujjatlari ko‘zdan kechirilib, tegishli tavsiyalar berildi.
Maktab direktori Abishev Normamatning ma’lum qilishicha, mazkur ta’lim muassasasida hozirgi kunda 412 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.







