Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimi Boltayeva Mohichehra tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–46-son qarorining 12-bandida belgilangan “Inson huquqlari” haftaligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir “Kitobsevarlar” to‘garagi o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazildi. Unda kutubxonachi tomonidan “Huquq va men” kitobi asosida inson huquqlarining mazmun-mohiyati, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilan “Davra suhbati” tashkil etilib, ular o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar ongida inson huquqlariga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash va fuqarolik mas’uliyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.

