Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Boltayeva Mohichehra 30-maktabga tashrif buyurib, o‘quvchilar uchun Kitob targ’ibotini o‘tkazdi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning ma’naviy kamolot va kelajakdagi muvaffaqiyat uchun naqadar muhim ekani haqida tushunchalar berildi. Ta’kidlab o‘tildiki, har bir yosh o‘z kelajagida munosib o‘rin egallashi uchun albatta bilimli bo‘lishi zarur, bilim olishning eng asosiy manbai esa kitobdir.
Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi.

