📖 “Kitoblar karvoni” Muzrabot tumani ta’lim muassasalariga yetkazildi
Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa muhitini keng targ‘ib etish hamda ta’lim muassasalarini zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar izchil amalga oshirilmoqda.
Ushbu ezgu tashabbus doirasida bugun Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tashabbusi bilan tumandagi axborot-kutubxona markazida “Kitoblar karvoni” tadbiri tashkil etildi.
Xususan, “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichida faol ishtirok etib, saralangan muzrabotlik 10 nafar yosh kitobxon tahsil olayotgan umumta’lim maktablariga “Kitoblar karvoni” doirasida badiiy, ilmiy-ommabop hamda sohaviy adabiyotlardan iborat 10 mingga yaqin kitoblar jamlanmasi yetkazib berildi.
Taqdim etilgan kitoblar tumandagi axborot-kutubxona markazi va umumta’lim muassasalari fondini boyitish barobarida, o‘quvchilarga yangi nashrlar mutolaa qilish imkonini yaratadi.
📚 “Kitoblar karvoni” – ma’rifat sari muhim qadamdir.

