Giyohvandlik – umr zavoli, taraqqiyot kushandasi
Bugungi kunda giyohvandlik butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan eng dolzarb muammolardan biridir. Inson salomatligi, jamiyat barqarorligi va kelajak avlod taqdiriga jiddiy xavf tug‘dirayotgan ushbu illatga qarshi kurashish har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarni zararli odatlardan asrash va ularning ma’naviy immunitetini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazining mutaxassisi Boltayeva M.va Ismoilova L. tomonidan “Giyohvandlikka qarshi kurashish” oyligi doirasida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Giyohvandlik – umr zavoli, taraqqiyot kushandasi” mavzusida so‘rovnoma va targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi va jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

