Kitobxon ona — farzandi uchun ibrat.

Yangiliklar

📚 Kitobxon ona — farzandi uchun ibrat 👩‍👧📖
Kitobxon ona — farzandi uchun eng go‘zal namuna. Ona kitob mutolaa qilib, bolaga o‘qish zavqini his ettiradi, unda savodxonlikni, mustaqil fikrlash va tafakkur qilish qobiliyatini shakllantiradi.
Ona va bola birgalikda kitob mutolaa qilishi oilada mehr-muhabbatni kuchaytiradi, muloqot va o‘zaro tushunishni mustahkamlaydi hamda intellektual yaqinlikni ta’minlaydi. Erta yoshdan kitobga qiziqishi shakllangan bola kelajakda tez o‘rganadigan, fikrlash doirasi keng va ma’naviy yetuk inson bo‘lib voyaga yetadi.
Shu maqsadda Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish mutaxassisi N. Vallayeva tumandagi 13-sonli DMTT xodimlari hamda tarbiyalanuvchilari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Surxondaryo viloyati televideniyasi binosida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, “Ona va bola kitobxonligi” targ‘ibotini o‘tkazdi.