34- va 51-maktablarga uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 34- hamda 51-maktablarga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatildi. Tashrif davomida maktab kutubxonasi faoliyatini takomillashtirish, kitob fondini tartibga solish, o‘quvchilarni mutolaaga jalb etish hamda kitob targ‘iboti ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, kutubxona hujjatlarini yuritish, kitoblarni ro‘yxatga olish va elektron resurslardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar taqdim etildi.
Mazkur uslubiy yordamning maqsadi — maktab kutubxonalarida kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirish va o‘quvchilarning mutolaa madaniyatini oshirishdan iboratdir. 📚✨

