Jadid adabiyoti namunalaridan iborat kitoblar tavsiya etildi.

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Xulkaliyeva S. tomonidan tumanning Mudofaa ishlari bo‘limida kitob targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida jadidchilik harakatining yirik namoyandalari, ularning hayoti va ijodi hamda millat taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ishtirokchilarga jadid adabiyoti namunalaridan iborat kitoblar tavsiya etilib, ularning mazmun-mohiyati, ma’naviy va ma’rifiy ahamiyati tushuntirildi. Tadbir kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy merosimizni keng targ‘ib qilish va yoshlarni mutolaaga jalb etishga xizmat qildi.