“Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir”

Yangiliklar

📚 Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyati 📚
Joriy yilning 15-fevralidan 15-martga qadar yurtimizning barcha hududlarida “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” shiori ostida “Ayollarni e‘zozlash” oyligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Xulkaliyeva S. va Mahmudova Yu. tumanning 1-maktabida “Moviy jamadon” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Loyiha doirasida o‘quvchilar kitoblar bilan yaqindan tanishib, ularni o‘qish va bilim olishga qiziqtirish bo‘yicha interaktiv tadbirlar tashkil etildi. Tadbir yosh kitobxonlarda kitobga mehr uyg‘otish va o‘qish madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi. 📖✨