Ayollarimizni, onalarimizni va qizaloqlarimizni e’zozlash — hayotdagi eng muhim va sharafli vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.

Yangiliklar

📚 “Ayol baxtli bo‘lsa — jamiyat baxtli bo‘ladi” 📚
📖 Joriy yilning 15-fevralidan 15-martgacha yurtimizning barcha hududlarida “Ayol baxtli bo‘lsa — jamiyat baxtli bo‘ladi” shiori ostida “Ayollarni e’zozlash” oyligi keng nishonlanmoqda.
📚 Shu munosabat bilan Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi ko‘chma kutubxona xodimi Ismoilova Lobar tomonidan Sopollitepa mahallasi Bodomzor ko‘chasida yashovchi xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
📖 Tadbir davomida ayollarda kitobga bo‘lgan muhabbatni oshirish, ularning fikrlash doirasini kengaytirish hamda oilaga bo‘lgan mehr-muhabbatni mustahkamlash haqida samimiy suhbat olib borildi.
🌸 Ayollarimizni, onalarimizni va qizaloqlarimizni e’zozlash — hayotdagi eng muhim va sharafli vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi. 🌸