📚 “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” 📚
Kitob insonning fikrini kengaytiradi, ruhini boyitadi va dunyoqarashini o‘zgartiradi. Kitobxon bo‘lish esa nafaqat mutolaa qilish, balki inson hayotida ijobiy o‘zgarishlar qilishning muhim omilidir. Ayniqsa, ona va bola o‘rtasidagi munosabatda kitobxonlikning o‘rni beqiyos.
Agar ona kitobxon bo‘lsa, u farzandiga nafaqat bilim, balki ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni ham singdiradi. Bola esa onasining o‘rnakli yo‘lidan borib, uning tavsiya etgan kitoblaridan ilhom oladi va fikrlash doirasi yanada kengayadi.
Shu maqsadda Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi ko‘chma kutubxona xodimi Ismoilova Lobar tomonidan “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir “Mehrigiyoh” mahallasida joylashgan Shodmonovlar oilasida tashkil etilib, oila a’zolariga kitobxonlikning ahamiyati haqida tushunchalar berildi hamda mutolaa qilishlari uchun zarur kitoblar yetkazib berildi.

