📚 “Huquq va men” – kitob taqdimoti va davra suhbati 📚
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-46-son qarori 12-bandida belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida Axborot-kutubxona markazining ko‘chma kutubxona xodimi Boltayeva Mohichehra tomonidan “Jadidlar izidan” klubi a’zolari ishtirokida “Huquq va men” kitobidan kitob taqdimoti hamda davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida inson huquqlari, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar kitob mazmuni bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

