“Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi.

Yangiliklar

📚 “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi 📚
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlik madaniyatini yanada keng targ‘ib qilish maqsadida “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi doirasida mahallalar bazasida QR-kodli elektron kitoblar targ‘iboti tashkil etilmoqda.
Navbatdagi targ‘ibot tadbiri tumandagi Bandlikka ko‘maklashish markazida o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga QR-kod orqali elektron kitoblarni tez va qulay tarzda yuklab olish, ulardan foydalanish hamda Axborot-kutubxona markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan zamonaviy axborot xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur tashabbus aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini oshirish hamda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Ishtirokchilar loyiha bilan yaqindan tanishib, elektron kitoblardan foydalanish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.