Abdulla Avloniy tavalludining 146-yilligi

Yangiliklar

Muzrabot tuman  Axborot kutubxona markazida  kitobxon yoshlar bilan  jadidchilik faoliyatining yetuk namoyondalaridan biri bo’lgan Abdulla Avloniy tavalludining 146 yilligi munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi. Suhbat davomida Abdulla Avloniyning jadidchilik faoliyati, xalq ma’naviyatini boyitish yo’lida olib borgan kurashlari, ta’lim-tarbiya sohasiga qo’shgan hissalari to’g’risida ma’lumot berildi va jadid adabiyoti namoyondalari- Abdulla Avloniy kitobi targ’iboti oʻtkazildi. Yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.