Joriy yilning 1-may kuni kitobxonlikni keng tarģib qilish, kutubxonaga kitobxonlarni jalb qilish maqsadida Muzrabot tuman axborot kutubxona markazi òquv zalida tumanning 1-sonli umumiy o’rta talim maktabi hamkorligida Òzbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Abdulla Qodiriyning 130 yilligi munosabati bilan adibning ijodiga baĝishlangan davra suhbati bòlib òtdi.
Shuningdek Abdulla Qodiriy chin ma’noda serqirra ijodkor bòlgan. Xususan, uning o‘zbek publisistikasidagi xizmatlari ham tahsinga sazovar. U o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy, teatr san’atiga qaratilgan tanqidiy ocherklar yozgan. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan.