Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Xulkaliyeva S. tumanining Yangi hayot mahallasida joylashgan ayollar kiyim-kechak do‘konida kitob targ‘iboti tadbiri o‘tkazdi. Tadbir davomida do‘kon xodimlari va faollari — Sarboyeva Norbibi, Xursanova Xalima xola ishtirok etdilar.
Suhbat jarayonida kitob mutolaasining ahamiyati, ayniqsa ayollar va yoshlar tarbiyasida o‘rni haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga kutubxonada mavjud bo‘lgan yangi adabiyotlar, badiiy va ma’rifiy kitoblar haqida ma’lumot berildi hamda ularni mutolaaga jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur targ‘ibot tadbirining maqsadi — aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

