📚✨ Amaliy uslubiy yordam ko‘rsatildi ✨📚
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi 21-umumta’lim maktabi hamda Muzrabot tuman 1-son texnikumi kutubxonalariga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida kutubxonalar faoliyati, kitob fondining yuritilishi, hisob-kitob hujjatlari va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Kutubxonachilarga kutubxona ishini samarali tashkil etish, fondni tartibga solish, kitob targ‘ibotini kuchaytirish hamda kitobxonlarni jalb etish bo‘yicha amaliy va uslubiy tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrif kutubxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va o‘quvchilarga sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirishga xizmat qiladi. 📖

