“Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” nomli davra suhbati

Yangiliklar

Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili

Prezidentimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilgani Yangi O‘zbekistonda ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaldagi yana bir ifodasi bo‘ldi.

Aslida mamlakatimizning go‘zal tabiati, musaffo havosi, zilol va shifobaxsh suvlari asrlar davomida insoniyatni maftun etib keladi. Biroq, sanoatning rivojlanishi, energiya resurslariga talabning ortishi, tabiatga munosabatning o‘zgargani iqlim o‘zgarishlari, atrof-muhit ifloslanishi, suv taqchilligi kabi muammolarni ko‘ndalang qo‘ydi.

Muzrabot tuman axborot kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limi xodimlari  2025-yil  Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili deb nomlanganligi munosabati bilan davra suhbati o’tkazishdi.