“Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati” bo’limi tomonidan navbatdagi amaliy o’quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar

Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi  mutaxassislari uchun markazning  “Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati” bo’limi tomonidan navbatdagi amaliy o’quv seminar bo‘lib o‘tdi.

👩‍💼 Seminar Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati tomonidan tashkil etilib, unda “Axborot-kutubxona fondini jamlashning maqsad va vazifalari” mavzusi atroflicha yoritildi.
Tadbir davomida:

fond tarkibiga qabul qilinadigan resurslarning tuzilmasi;

ularni hisobga olish tartibi;

hisobotlarda raqamlarni to‘g‘ri va aniq kiritish qoidalari, xususida kerakli ma’lumotlar berildi.